Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga 43,7 mingta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan 11,3 mingtaga ko‘p.
2021- yil yanvar-iyun oylarida 2019- yil yanvar-iyun oyiga nisbatan bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning o‘sish sur'ati 110,7 % ni tashkil etdi. Mos ravishda, fuqarolik obyektlari qurilishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning o‘sish sur'ati 108,2 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarini bajarayotgan qurilish korxonalari o‘sish sur'ati 85,1 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati