Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida turli rusumdagi 235 794 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga oshgan.
Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:
Cobalt — 82 951 dona;
Damas — 42 663 dona;
Tracker — 23 249 dona;
Onix — 18 715 dona;
KIA — 15 184 dona;
BYD — 13 405 dona;
Haval — 5 061 dona;
Chery — 4 384 dona;
Chevrolet Damas Move — 600 dona;
maxsus yengil avtomobillar — 29 582 dona.



