05/06/2026

Joriy yilning 5-iyun kuni Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida "Mohir oshpazlar" musobaqasi tashkil qilindi. Musobaqa davomida boshqarma xodimlari ikki guruhga bo'lingan holda o'zlarining oshpazlik mahoratini milliy taomimiz hisoblangan palov tayyorlash orqali yana bir bor sinovdan o'tkazishdi.

Ushbu musobaqa jamoa o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash, xodimlarning faolligini oshirish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilib, musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar boshqarma rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech