Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 131,9 mln. AQSH dollariga (2025-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 27,6 % ga ko‘paydi) va import hajmi 407,6 mln. AQSH dollariga (4,2 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 275,7 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Buxoro viloyati 103 ta mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (33,3 %), XXRda (14,6 %),Turkmanistonda (10,3 %), BAAda (9,5%) va Afg‘onistonda da (7,3 %) qayd etilgan.




