2026- yilning yanvar-aprel oylarida transport xizmatlari hajmi 2 812,7 mlrd. so‘mga yetdi. Transport xizmatlari tarkibida avtomobil transporti xizmatlari ustun bo‘lib, ulushi 91,6 %ni yoki 2 577,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Transport xizmatlarining oʻsishi ichki va tashqi savdo faolligi, logistika, turizm hamda elektron tijoratning rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, bu o‘z navbatida yukva yoʻlovchi tashishga boʻlgan talabning ortishiga olib keladi.




