2026-yil 1-aprel holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 540 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 6 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 534 tani tashkil qildi.
2026-yilning yanvar-mart oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 2 493,0 mlrd so‘mga yetdi. 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,7 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 86,6 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.



