Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 2 200 530 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 83,7 ming nafarga oshgan.
2026-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 899 004 nafar;
Tojikiston — 388 452 nafar;
Qozog‘iston — 354 859 nafar;
Saudiya Arabistoni — 138 113 nafar;
Rossiya — 115 094 nafar;
Turkiya — 70 340 nafar;
BAA — 31 073 nafar;
Xitoy — 23 557 nafar;
Tailand — 16 291 nafar;
Misr — 15 823 nafar.



