2025- yil 21- fevral kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida ma'naviy-huquqiy targ'ibot yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2025-yil 14-fevralda qabul qilingan O‘RQ-1030-sonli qonunning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ-419-sonli qonuni talablari muhokama qilindi.
Bosh yuristkonsult O‘. Shodiyev yig‘ilish qatnashchilariga yangi qonun loyihalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berib, ularning amaliy tatbiqi yuzasidan fikr almashdi. Jumladan, Mehnat kodeksining 49 ta moddasiga kiritilgan o‘zgarishlar, har yilgi mehnat ta’tili va ish haqiga oid yangi qoidalar xodimlar e’tiboriga havola etildi.
Yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va korrupsiyaga qarshi kurash borasida dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.