14/01/2025

     2025- yilning 14- yanvar kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi rahbaryati hamda xodimlari ishtirok etdi. 

     Tadbirni ochib berish uchun, boshqarma boshlig‘i U. Djumanazarov so'zga chiqib, tadbirda ishtirok etgan barcha xodimlarni tabriklab, ularga Vatan himoyachilari kuni bilan eng ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, har bir xodimning yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlab, mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

     Tadbirda yurt tinchligini, xavfsizligini va barqarorligini ta’minlashdagi vazifalarga alohida urg‘u berildi. Vatan himoyachilari kuni – nafaqat harbiylar, balki barcha fuqarolarning o‘z vataniga bo‘lgan sadoqati va xizmatini qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.

     Tadbirda boshqarma xodimlariga sovg‘alar ulashildi. Sovg‘alar, xodimlarning kasbiy faoliyatlarini yanada motivatsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, bu ularning mehnatini qadrlashni va ularni rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

     Shuningdek, tadbirda davlatimiz rahbarining Vatan himoyachilari kuni bilan bog‘liq chiqishlari eslatib o‘tildi, va barcha xodimlar Vatan uchun xizmat qilish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shishda davom etishlarini bildirdilar.

     Buxoro viloyat statistika boshqarmasida o'tkazilgan ushbu tadbir jamoa ruhini mustahkamlab, xodimlarning o‘z ishlariga bo‘lgan sadoqatini yanada oshirdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech