25/12/2024

Joriy yilning 25-dekabr kuni Yangi yil bayrami munosabati bilan Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun o‘ziga xos bayramona yig'ilish tashkil etildi. Tadbir davomida boshqarma xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi.
     Bayram sovg‘alari boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Yusupov tomonidan tarqatilib, xodimlarga samimiy tilaklar bildirildi. U o‘z so‘zida xodimlarning yil davomida ko‘rsatgan fidokorona mehnati va mas'uliyatli yondashuvi uchun minnatdorlik izhor etdi hamda barchaga kelgusi yilda omad, sog‘lik va muvaffaqiyat tiladi.
     Xodimlar o‘z navbatida ushbu e’tibor va bayramona muhit uchun rahbariyatga minnatdorlik bildirishdi. Tadbir do‘stona va iliq kayfiyatda o‘tdi.
     Mazkur bayram tadbiri xodimlar jamoasining yanada jipslashishiga va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Tugmani bosing Tinglash GSpeech