Joriy yilning 23-dekabr kuni Vobkent tumanidagi 32-maktabda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Tursunov To'lqin tomonidan "Aholini ro'yxatga olish" mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, uning o‘tkazilish tartibi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida quyidagi mavzular yoritib berildi:
- Ro‘yxatga olish tadbirining muhim bosqichlari.
- Ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishning zamonaviy usullari.
- Ro‘yxatga olishda aholining faol ishtirokini ta’minlash usullari.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Ushbu seminar o‘quvchilarda statistik ma’lumotlarga nisbatan qiziqish uyg‘otish va ularning ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida bunday tadbirlar davom etishi rejalashtirilgan.