23/12/2024

    2024- yilning 18–19- dekabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida MDH davlatlarining Statistika idoralari vakillari bilan XTD-2024 doirasida “Xalqaro taqqoslash dasturi XTD-2024” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.1_-0y0a1094_p70561

    Ushbu yig‘ilishda, O‘zbekiston, Armaniston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalarining Milliy statistika idoralari qatnashdi. Seminar Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) Statistika Qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.

2

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Narxlar statistikasi boshqarmasi boshqarma boshlig‘i Muxtor Umarov hamda sho‘ba mudiri Bunyodbek Nishonboyev ishtirok etishdi.

3_-0y0a1241_p30007

    Yig‘ilishda XTD-2024 doirasida ishtirok etayotgan ro‘yxat bo‘yicha alohida tovar va xizmatlar kelishib olindi hamda XTD-2024 doirasida olib boriladigan keng ko‘lamli ishlar kelishib olindi. Shuningdek, yig‘ilishni MDH statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Ye.Kosarev ochib berib, XTD-2024 doirasida olib borilayotgan ishlarning hozirgi holati hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

5_-0y0a1505_p62290

4_-0y0a1163_p98131

    Seminarda O‘zbekiston delegatsiyasi Statistika agentligida XTD- 2024 bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot bilan ishtirok etdilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech