2024- yilning 1- noyabr holatiga faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 26 444 ta bo'lib, shundan xususiy korxonalar soni 2 463 tani (9,3 foiz) tashkil qildi.
Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, faoliyat ko'rsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori ko'rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Buxoro shahri – 641 ta;
Buxoro tumani – 246 ta;
Gijduvon tumani – 212 ta;
Qorakul tumani – 315 ta;
Olot tumani – 289 ta.