Joriy yilning 21-noyabr kuni Turon zarmed universitetida talabalar uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbasari K. Kamolov, Axborot xizmati bosh mutaxassisi N. Baxshilloyev, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig'i H. Fattoyev hamda Turon zarmed universiteti o'qituvchi va talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilariga mamlakatimizda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari va aholini ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika hukumati va Statistika agentligi tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida aytib o‘tishdi.
Seminar jarayonida aholini ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijasida aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ma’lumotlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati yaratilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Seminar so'ngida o'qituvchi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.