18/11/2024

Joriy yilning 18-noyabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq bo’lim boshliqlari va  xodimlar ishtirok etdi.

Muloqot mobaynida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti O'. Shodiyev 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritishdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech