15/11/2024

     Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

15_11_24-1_p20472

15_11_24-2_p90143

     Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ahvoli va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlarining holati muhokama qilindi. Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning tarixi va mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

15_11_24-3_p66964

15_11_24-4_p12519

     Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

15_11_24-5_p78825

15_11-6_p24671

Tugmani bosing Tinglash GSpeech