15/11/2024

    Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kampaniyalari muvaffaqiyatli ro‘yxatga olishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, aholini ro‘yxatga olish jarayonida respondentlar yoki ma’lumo yig‘uvchi va ma’lumotlarni qayta ishlovchi shug‘ullanadigan vaqtinchalik xodimlar sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan ro‘yxatga olishda so‘rov usulidan qisman yoki to‘liq foydalanadigan mamlakatlar uchun juda dolzarb. Biroq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar minimallashtirilishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatga olish usullariga rioya qilgan mamlakatlarda ham, asosiy manfaatdor tomonlar bilan muloqot, shu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalarining dolzarbligi va mavjudligi kabi tarkibiy qismlarga nisbatan maqbul sifat darajasini ta’minlash uchun muhim rol o‘ynaydi Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kampaniyalari muvaffaqiyatli ro‘yxatga olishni minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu, ayniqsa, aholini ro‘yxatga olish jarayonida respondentlar yoki ma’lumot yig‘uvchi va ma’lumotlarni qayta ishlovchi shug‘ullanadigan vaqtincha- lik xodimlar sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan ro‘yxatga olishda so‘rov usulidan qisman yoki to‘liq foydalanadigan mamlakatlar uchun juda dolzarb.

      Biroq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar minimallashtirilishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatga olish usullariga rioya qilgan mamlakatlarda ham, asosiy manfaatdor to- monlar bilan muloqot, shu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalarining dolzarbligi va mavjudligi kabi tarkibiy qismlarga nisbatan maqbul sifat darajasini ta’minlash uchun muhim rol o‘ynaydi.

     Ro‘yxatga olishni rejalashtirish bosqichida ko‘plab manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuv, tomonlar foydalanuvchilarning talablarini qondirish, so‘rovnomaning optimal tuzilishini ishlab chiqish, metodologiyani tasdiqlash, ishchi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va texnik ko‘rsatmalarni aniq tushunish uchun zarurdir.

     Ro‘yxatga olishni o‘tkazish bosqichida reklama va axborot kompaniyalari aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishni ta’minlash va rag‘batlantirishga qaratilgan zarur ma’lum larni taqdim etish uchun zarurdir. Odatda, aholini ro‘yxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish ko‘rsatkichini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab yetib borish qiyin bo‘lgan aholi guruhlarini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech