13/11/2024

      Joriy yilning 12-noyabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi.

      Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan  “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur qonun 2021-yil 7-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, 2021-yil 26-iyunda Senat tomonidan maʼqullanlanligini, 2021-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.

       Targʻibot yigʻilishi yakunida xodimlar bilan birgalikda kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech