08/11/2024

       Dunyoning aksariyat mamlakatlarida umummilliy aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiydir. Har bir fuqaroning aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishiga bo‘lgan ehtiyojining yagona argumenti insonning o‘zi haqida ma’lumotga muhtoj bo‘lgan jamiyatning bir qismi ekanligini anglashidir. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir. AQSH, Buyuk Britaniya, Chexiya respublikasi kabi qator mamlakatlarda ro‘yxatga olishda ishtirok etmaslik qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy jarimaga tortiladi. Turkiyada aholini ro‘yxatga olish kuni (bir kun) mamlakat aholisining uydan chiqib ketishi taqiqlanadi, shuning uchun ular aholini ro‘yxatga oluvchilarni kutishadi. Boliviya hukumati chegaralarni yopib, shaharlarda poyezdlar harakati va jamoat transporti harakatini bekor qiladi va aholini uydan chiqmaslikka buyruq beradi. Argentina va Chilida esa aholini ro‘yxatga olish kuni barcha ko‘ngilochar joylar, do‘konlar, restoranlar va xizmat ko‘rsatish korxonalarining eshiklari yopiladi. Mamlakatimiz tarixida aholini ro‘yxatga olish jarayonida ishtirok etmaslik uchun faqat bir marta, ya’ni 1939 yilda, ro‘yxatga olishdan bosh tortganlik uchun jinoiy jazo choralari joriy etilgan. Keyinchalik bu qaror bekor qilingan. 2020 yilning 16 martidagi "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida ro‘yxatga olinuvchilar o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari nima maqsadda yig‘ilayotganligini, ushbu ma’lumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilishlari, ro‘yxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani ko‘rsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob bermaslikkka, ro‘yxatga olish varag‘ining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish huquqiga ega. Shuning bilan birga aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga monelik qilmasligi shart.

      Shundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga ishtirok etmaganlik uchun jazo choralarini ko‘rish belgilanmagan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech