Joriy yilning 05-noyabr kuni, Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi M. Nazrova tomonidan Buxoro shahridagi “Ahmad Donish” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni solishtirish ishlari olib borildi.
Shuningdek mahalladagi raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi soni, xaritasi bilan tanishib chiqdi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.