Joriy yilning 6-noyabr kuni Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig'i o’rinbosari J. Saipov hamda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari Sh. Yusupovlar Buxoro tumani Istiqlol mahallasida yashovchi respandentlar bilan 4-TJ tanlanma kuzatuvlarida ishtirok etdi.
Kuzatuv jarayonida respandentlar bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, 4-TJ kuzatuvlar natijalari asosida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xo‘jalik qurilishlari tanlama statistik kuzatuvlarining asosiy maqsadi, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 kvadrat metri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlar yig‘ish va ular asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bo‘yicha investitsiyalar va qurilish ishlari hajmlarini baholash uchun hisobot davrida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 kvadrat metri qiymatini hisoblashdan iborat.