Joriy yilning 25-oktabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining mohiyati va ahamiyatini atroflicha tushuntirish maqsadida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq boʻlim boshliqlari va xodimlar hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni boshqarma boshligi U.Djumanazarov so'zga chiqib "Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga ega" ekanligini tushintirib oʻtdi.
Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev soʻzga chiqib Saylov komissiyasi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tadbir so'ngida tadbir ishtirokchilariga yurtimizning katta siyosiy jarayonlariga befarq bo'lmasliklari eslatib o'tildi.