24/10/2024

     Joriy yilning 23- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida “Statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish jarayonlarini namunaviy modeli” (GSBPM – The generic Statistical Business Process Model) milliy modelini amaliyotga joriy etish doirasida navbatdagi seminar tashkil etildi.

1-231020247j1a2423_p68893

     Seminarda rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tarqatish jarayonlari bilan bogʻliq ishlab chiqish siklini baholash bosqichida respondentlarga hisobot yuklamasini monitoring qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

2-231020247j1a2364_p80019

       Taqdimotda Statistika agentligi markaziy apparatining statistika hisoboti shakllarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilishga masʼul boʻlinmalar rahbarlari ishtirok etishdi.

3-231020247j1a2455_p16835

       Seminarda, respondentlarga hisobot yuklamalarining monitoringini tashkil etish boʻyicha Statistika agentligi markaziy apparati boʻlinmalari, hududiy statistika boshqarmalari va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining vazifalari muhokama etildi.

4-231020247j1a2410_p75835

5-231020247j1a2401_p41775

Tugmani bosing Tinglash GSpeech