18/10/2024

       Joriy yilning 17-oktabr kuni Buxoro viloyati Statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

 

      Shuningdek, vebinarda xodimlarga tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech