23/10/2024

     2024-yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5 732,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

     Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 % ga oshgan.

     Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

     Tojikiston – 1 667,6 ming nafar;

     Qirgʻiz Respublikasi – 1 647,5 ming nafar;

     Qozogʻiston – 1 129,3 ming nafar;

     Rossiya – 609,7 ming nafar;

     Turkmaniston – 120,4 ming nafar;

     Turkiya – 84,3 ming nafar;

     Xitoy – 50,4 ming nafar;

     Hindiston – 48,6 ming nafar;

     Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;

     Italiya – 30,3 ming nafar;

     boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech