17/10/2024

      Joriy yilning 16-oktabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

       Vebinarda xodimlarga xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

      Shuningdek vebinar so'ngida kelgusida qilanadigan ishlar to'g'rida kelishib olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech