09/10/2024

     2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 99 trln so‘mni tashkil etgan.

     Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sgan.

     Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,7 f.p.ni tashkil etgan.

     Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAIMdagi ulushi 18,2 % ga yetgan.

     Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi hududiy mahsulot tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo (44,4 %) va Jizzax (37,5 %) viloyatlarida kuzatilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech