Joriy yilning 25-sentabr kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida boshqarma boʻlim boshliqlari hamda Vobkent tumani umumtaʼlim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida huquqiy targʻibot yigʻilishi o'tkazildi. Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur qonun 2021-yil 7-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, 2021-yil 26-iyunda Senat tomonidan ma’qullanlanligini, 2021-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomoindan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilanilishini aytdi.
Targʻibot yigʻilishi yakunida talabalar xodimlar bilan birgalikda kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.