25/09/2024

      Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2024- yilning 1- sentabr holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  84 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

      2024- yilning 1- sentabr holatiga ko'ra, ushbu sohada jami faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 799 tani tashkil etmoqda.

      2024- yil yanvar-avgust oylarida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko'p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo'lgan hududlar:

      Buxoro shahri - 27 ta

     G'ijduvon tumani – 9 ta

     Vobkent tumani - 9 ta

     Shofirkon tumani - 6 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech