19/09/2024

       Joriy yilning 19-sentabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi tomonidan hududiy statistika bo‘limi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

       Shuningdek, vebinarda xodimlarga qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

       Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech