2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7 % ga o‘sgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6 % ni tashkil etgan.