07/08/2024

        Joriy yilning 6-avgust kuni G'ijduvon tumani statistika bo‘lim boshlig'i Jahonqulov Nodirbek tomonidan G'ijduvon tumani, “Zarangari”MFYda  istiqomat qiluvchi Ziyoda Qo'ldosheva xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayoniga Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari SH. Yusupov kuzatuv joyiga tashrif buyurib, kuzatuv jarayonlarni kuzatdi va xodimlarga ko'rsatmalar berdi.

      Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech