2024-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 15 102,2 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 14 950,9 mlrd. so‘mni (103,6 %), o‘rmon xo‘jaligi 90,4 mlrd. so‘mni (100,7 %), baliqchilik xo‘jaligi 60,9 mlrd. so‘mni (90,3 %) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Buxoro viloyatining ulushi 8,9 % ni tashkil etdi.