Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi Buxoro viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida “Eng yaxshi Osh” musobaqasi tashkil etildi.
Milliy taomimiz bo‘lmish palovni tayyorlash usullari bilan bo‘lishish, uni tayyorlash an’analari, musobaqada ishtirok etuvchilar, hakamlar hamda taklif etilgan mehmonlarga madaniy hordiq chiqarish imkonini yaratdi.
Hakamlarning yuqori bahosi hamda mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘lgan har ikkala “Mohir oshpazlar” va “O‘zbegim palovi” komandalariga rahbariyat hamda kasaba uyushmasi tomonidan Faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.