09/04/2024

2024-yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 % ga oshgan.

Joriy yilning dastlabki 2 oyida eng koʻp quyidagi mamlakatlar fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan (nafar):

Tojikiston – 8 696;

Qozogʻiston – 1 983;

Qirgʻiz Respublikasi – 1 923;

Rossiya — 220;

Turkmaniston – 144;

Boshqa davlatlar – 28.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech