2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyati boʻyicha togʻ-kon sanoatida asosiy kapitalga investitsiyalar 1 283,2 mlrd. soʻm oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 6,9 % ni tashkil etgan.
Ulardan 770,2 mlrd. soʻmi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan oʻzlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 8,3 % ni tashkil etgan.