Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 055,9 mln. dona tuxum olingan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102 % ni tashkil etgan.
Olingan tuxum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (17 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Toshkent (15,6 %), Namangan (8,2 %) va Fargʻona (7,8 %) viloyatlarida ham olingan tuxumning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.