So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-aprel holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,4 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 67,8 birlikni tashkil qildi.

2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimizda 2022- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 2018- yilning mos davri bilan solishtirganda 79,6 foizni tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan qurilish korxonalarining yillar kesimidagi soni:

2022- yilning yanvar- may oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (14 845 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 barobarga oshgan.

Buxoro viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari To‘qimachi MFY ga Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi qonuni qabul qilingani to‘g‘risda targ‘ibot tashviqot ishlarini o‘tkazishdi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda 3936 ta texnologik innovatsiyalar joriy qilingan. Joriy qilingan texnologik innovatsiyalar tarkibida: mahsulotlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 3035 ta, jarayonlar boʻyicha innovatsiyalar soni – 901 ta.

2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 barobarga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 76,3 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 119 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 barobarga oshgan bo‘lib, ularning yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Oliy taʼlim tashkilotlarida 2021- yilda jami 37,4 ming nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritgan. 2020- yilda bu koʻrsatkich 32,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021- yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 3457,8 ming gektarni tashkil etdi.

Respublikamizda 2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 487 101 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 8,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 190 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilib, ularning 90 % i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda  ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 133,7 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, ularning 70,6 % qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 1290 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar ishga tushirilib, ularning 32,6 % i qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi.