2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan.
Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,5 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 91,6 ming tonna
Rossiya – 26 ming tonna
Qirgʻiz R. – 6,7 ming tonna
Belarus – 5,2 ming tonna
Ukraina – 513,3 tonna
Litva – 98,1 tonna
Xorijga eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:
Toshkent viloyati – 28,2 ming tonna
Buxoro viloyati – 20,1 ming tonna
Fargʻona viloyati – 13,6 ming tonna