So'nggi yangiliklar

   2020- yil yakunida mamlakatimizda tayanch doktoranturada izlanuvchi ayollar soni 1040 nafarni tashkil etgan, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha

    Joriy yilning 9- dekabr kuni Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar: natija va ustuvor yo‘nalishlar” mavzuvda xalqaro konfrensiya bo‘lib o‘tdi.

    2021- yilning yanvar - oktabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

    Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida uzum narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 2,8 % ga qimmatlashgan.

    2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 714 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

 2021- yil yanvar-oktabr oylarida, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 84 101 tani tashkil etdi.

     Seminarda, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma – axborot taxliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i D.Saidov “Statistika fanining predmeti, metodlari va asosiy vazifalari” mavzusini ochib beruvchi fanning uslubiyati, kuzatish turlari va usullari, kuzatish natijalarini jadvallar va grafiklarda tasvirlash bo‘yicha zarur ilmiy-metodik ma’lumotlarni berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992- yil 8- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda parrandalarning umumiy bosh soni 86 227,5 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,7 % ga teng.

O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-oktabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 547 ta to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 39,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 119,8 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30 005,5 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi. 2020- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan ushbu xizmatlar hajmi 16,5 % ga oshdi.

Milliy iqtisodiyotda yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari sonining o‘sish sur'ati 2017- yilga nisbatan 166,5 foizni tashkil etdi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining 587,2 ming kishini erkaklar, 548,4 ming kishini ayollar tashkil etdi.

2021- yil 1- oktabr holatiga respublikamizda otlarning umumiy bosh soni 255,0 ming boshga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,4 % ga teng.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida banan narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 3,5 % ga arzonlashgan.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatimizda 522 ming tonna kalava ip ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining iste'mol narxlari kuzatuvi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr oyida kofe narxlari oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 1,5 % ga qimmatlashgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yosh bo‘yicha taqsimlanishidan ko‘rish mumkinki, ularning 532,7 ming nafari 31-55 yoshlilar, 214,0 ming nafari 19-30 yoshlilar, 197,1 ming  nafari  56 yosh va undan kattalar, 191,8 ming nafarini 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etdi.