So'nggi yangiliklar
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi.
2020/2021 o‘quv yili boshiga respublikamizda 20 ta xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritgan.
2020/2021-o‘quv yili boshida mamlakatimizda kollejlarning hududlar kesimida soni 206 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning hududlar bo‘yicha soni quyidagicha
14/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar - sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha axborot va aloqa tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 8 322,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 21,6 % ga o‘sdi.Kuzatilayotgan davrda respublika bo‘yicha YAIM (YAQQ) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar - sentabr oylarida, avtomobil transporti yo‘lovchi aylanmasining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,2 % ni tashkil etib, 2020- yil yanvar- sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,3 % ni tashkil qildi.
2021- yil yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi eng katta ulushni Toshkent shahrida – 36,6 % (2020- yilning yanvar-oktabr oylarida – 36,4 %).
13/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 32 931,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,5 % ga o‘sdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining o‘sish sur’atlarini taqqoslash
13/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlarda yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan – 128,5 %. Yashash va ovqatlanish xizmatlarida keskin pasayish kuzatilgan – 15,8 %.
13/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida- 7,0 % (1294 ta), sanoatda – 18,0 % (3395 ta), qurilishda – 8,8 % (1665 ta), savdoda – 38,0 % (7163 ta), xizmatlar sohasida – 28,2 % (5312 ta)ni tashkil etdi.
2020- yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir nafar pedagog xodimga to‘g‘ri keladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar soni 11,2 nafarni tashkil etgan.
2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha savdo sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 31 222,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,9 % ga o‘sdi.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 230,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan.Yuk avtomobillari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan.
2020/2021- o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumta'lim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan. Mazkur umumta'lim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 513 ming tonna kalava ip eksport qilgan.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari hajmi 54 825,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2020- yilning shu davriga nisbatan 17,9 % ni tashkil etdi.
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 10- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining Madhiyasi kuniga bag‘ishlab, “Vatanim madhiyasi – faxrim, g‘ururim!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
10/12/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida, sanoat sohasida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining soni 16 688 tani tashkil etdi.
284-sahifa 304 dan