2022-yilda faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining (fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻshgan holda) har 1000 aholiga nisbati Respublikamiz tuman va shaharlari kesimida eng yuqori koʻrsatkich quyidagi tuman va shaharlarda kuzatildi:
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida – 74,1 birlik;
Toshkent shahrining Mirobod tumanida – 57,7 birlik;
Novoiy viloyatining Tomdi tumanida – 55,6 birlik;
Toshkent shahrining Bektemir tumanida – 50,9 birlik;
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida – 50,1 birlik;
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida – 50,0 birlik;
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida – 42,5 birlik;
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida – 37,9 birlik.