So'nggi yangiliklar
04/08/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning iyun oyida yirik korxonalar tomonidan 39,9 tonna saryogʻ ishlab chiqarildi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Shundan, shahar joylarda – 49 859 ta; qishloq joylarda – 48 755 ta.
Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.
So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:
2023-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar 61,9 %ni, transfertlardan olingan daromadlar 28,5 %ni hamda shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan va mol-mulkdan olingan daromadlar 9,6 %ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 25 846,7 tonna pilla yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 106,7 %ni tashkil etdi.
Pilla yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
03/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,3 % ni tashkil etdi.
Sanoat tarmog‘ining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Navoiy (71,6 %) va Toshkent (48,0 %) viloyatlarida kuzatildi.
Sanoatning eng kichik ulushi esa Surxondaryo (6,4 %), Xorazm (15,7 %) va Namangan (15,9 %) viloyatlarida qayd etildi.
03/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.
So’nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 46,5 ming tonna baliq ovlandi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil etdi.
Ovlangan baliq umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (16,5 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
03/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 20,1 % ni tashkil etdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo(46,6 %) va Jizzax (40,2 %) viloyatlarida kuzatildi.
2023-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 546 ta bo‘lib, ular 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.
So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:
03/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 3 571,2 mln. dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.
Olingan tuxum umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (16,3 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
02/08/2023 • So'nggi yangiliklar
🏢 2023- yilning iyun oyida viloyatimizda 94 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.
✅ 2023- yilning 1- iyul holatiga jami 445 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etildi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog‘ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so‘rovini o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
🏢 2023- yilning yanvar-iyun oylarida isteʼmol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 110,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bu jami sanoat mahsulotlari ulushida 21,1 % ga teng
02/08/2023 • So'nggi yangiliklar
🏢 2023- yilning yanvar-iyun oylarida togʻ-kon va ochiq konlarni ishlash sanoatida 161,1 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu oʻz navbatida, jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 1,1 % ni tashkil etdi.
02/08/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 3-yanvar kunidagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan talab vazifalarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2023- yil 3-iyul kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” O‘RQ-850-son qonuni bo‘yicha viloyat statistika boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv seminar yig‘ilishi mashg‘ulotini statistika boshqarmasi boshlig‘i U.O.Djumanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 505,5 ming boshni (2022-yil 1-iyul holatiga nisbatan 102,1 %), shundan, sigirlar – 4 782,6 ming boshni (102,0 %), qoʻy va echkilar – 23 441,9 ming boshni (102,4 %)
01/08/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,6 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sdi.
211-sahifa 360 dan