So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 8,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 190 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilib, ularning 90 % i qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

Mamlakatimizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan eng ko‘p korxonalar soni mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) lar hissasiga to‘g‘ri kelib, so’nggi besh yilda  ularning o‘sish sur’ati qaralganda quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha 133,7 km suv tarmog‘i ishga tushirilib, ularning 70,6 % qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.

2022- yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 1290 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan maktablar ishga tushirilib, ularning 32,6 % i qishloq joylar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning may oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

2022- yilning yanvar-mart oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati aholisining umumiy daromadlari hajmida transfertlardan olingan daromadlarning ulushi 26,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda 126 474 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Respublikada aloqa boʻlimlariga qarashli jami 2 519 ta pochta qutilari mavjud boʻlib, shulardan 1 619 tasi (jamiga nisbatan 64,3 %) qishloq joylarda oʻrnatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022  yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Buxoro viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,1 % ni tashkil etadi.

Respublikamizda joriy yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan.

2022- yilning may oyida sut narxi respublika boʻyicha oʻrtacha 2,2 % ga oshdi. Yil boshidan sut 8,3 % ga qimmatlashgan boʻlsa, oʻtgan yilning may oyiga nisbatan sut narxi 16,6 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-aprel oylarida foyda solig‘i to‘lagunga qadar foyda (zarar) umumiy hajmi 22120,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil yanvar- may oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 41 035 tani tashkil etgan.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, respublika boʻyicha pochta aloqa bogʻlamalari umumiy soni 164 tani tashkil etmoqda.

2022- yil 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 554 971 tani tashkil etib  o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46 465 taga oshib, o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etdi.

2022- yilning may oyida baliqlar narxlari aprel oyiga nisbatan 1,2 % ga, 2021-yilning dekabriga nisbatan 7,8 % ga oshdi.