2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Buxoro viloyatida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 7 395,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining ulushi - 65,3 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi - 23,1 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi - 11,5 %ni tashkil etdi.