11/12/2023

Samarali muloqot strategiyasi, shuningdek, keng qamrovli reklama va axborot kompaniyalari muvaffaqiyatli ro‘yxatga olishni taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu ayniqsa, aholi ro‘yxatga olish jarayonida respondentlar yoki maʼlumot yig‘uvchi va maʼlumotlarni qayta ishlovchi shug‘ullanadigan vaqtinchalik xodimlar sifatida ishtirok etishi nazarda tutilgan ro‘yxatga olishda so‘rov usulidan qisman yoki to‘liq foydalanadigan mamlakatlar uchun juda dolzarb. Biroq, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar minimallashtirilishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatga olish usullariga rioya qilgan mamlakatlarda ham asosiy manfaatdor tomonlar bilan muloqot, shu bilan birga, ro‘yxatga olish natijalarining dolzarbligi va mavjudligi kabi tarkibiy qismlarga nisbatan maqbul sifat darajasini taʼminlash uchun muhim rol o‘ynaydi. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish bosqichida reklama va axborot kompaniyalari aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va rag‘batlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim etish uchun zarurdir.

Odatda, aholini ro‘yxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish ko‘rsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat bo‘ylab yetib borish qiyin bo‘lgan aholi guruhlari aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Аslida, bunday kompaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etishga rag‘batlantirish va (agar kerak bo‘lsa) majburlashdir.

So‘nggi yillarda aholidan axborot yig‘ish bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli aholini kelgusi ro‘yxatga olish va uning maqsad va vazifalarini tushuntirish masalalari bo‘yicha samarali xabardor qilish masalasi so‘rov usulini to‘liq (anʼanaviy ro‘yxatga olish doirasida bo‘lgani kabi) yoki qisman (birlashtirilgan ro‘yxatga olishning tarkibiy qismi sifatida) qo‘llaydigan mamlakatlarda ro‘yxatga olish va ishonchli maʼlumotlarni to‘plashning keng qamrovini taʼminlash nuqtai nazaridan tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bunday reklama kompaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan ro‘yxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik o‘zgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi. Ro‘yxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda ham muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday kompaniya ro‘yxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismi ekanligini taʼkidlashi kerak.

Аsosiy amaliy maqsad – jamiyatning ro‘yxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok etishga va o‘zlari haqida ishonchli maʼlumot berishga undash bo‘lib, ayniqsa joylarda anʼanaviy tarzda ro‘yxatga olish bilan bog‘liq. Shu bilan birga, samarali axborot va reklama kompaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:

  1. a) jalb etish: ro‘yxatga olish to‘g‘risida xabardorligini oshirish;
  2. b) taʼlim: ro‘yxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
  3. v) tushuntirish: odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
  4. g) rag‘batlantiruvchi: ro‘yxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxslarni ro‘yxatga olishda ishtirok etishga ko‘ndirish;
  5. d) qonunga rioya qilishni taʼminlash: agar fuqarolarga bir necha marta so‘rovda ishtirok etishdan rad etishgan bo‘lsa, ularning qonunga kiritilgan majburiyatlari va ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiyatini eslatish;
  6. ye) ishtirok etish uchun minnatdorchilik ifodasi;
  7. yo) nashr etilgan natijalardan keng foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida olingan maʼlumotlarning qiymati haqida xabardor qilish.

Аholini, ro‘yxatga olish qachon va qanday amalga oshirilishi haqida, ulardan kutilgan maʼlumotlar va ro‘yxatga olish to‘g‘risida zarur bo‘lgan qo‘shimcha maʼlumotni qanday olish mumkinligi haqida xabardor qilish kerak.

Ro‘yxatga olishning ushbu jihatlarini tushunish maʼlumotlar yig‘ishning samarali amalga oshirilishiga yordam beradi. Maʼlumotlarni to‘plashdan oldin, amalga oshirish va undan keyin axborot va reklama kompaniyasini o‘tkazish jarayoni to‘g‘risidagi quyida batafsil tavsiflanadi.

Ro‘yxatga olish muvaffaqiyatining kaliti, joylarda keng ko‘lamli maʼlumotlar yig‘ish amalga oshirilayotgan mamlakatlarda jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va hamkorligidir. Аholiga ro‘yxatga olish va uning maqsadlarini tushuntirish uchun keng miqyosli reklama va axborot kompaniyasini o‘tkazish tavsiya etiladi. Reklama kompaniyasi jamoatchilik bilan aloqalar, reklama va sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilganda eng yaxshi samarani berishi mumkin.

Reklama tadbirlari dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. a) jamoatchilikni xabardor qilish kompaniyasi;
  2. b) jamoalar bilan aloqa dasturi (yoki jamoalarni xabardor qilish);
  3. v) reklama kompaniyasi;
  4. g) jamoatchilik fikrini monitoring qilish;
  5. d) ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini monitoring qilish.

Maʼlumot yig‘ishdan oldingi bosqichdagi kompaniya dasturning asosiy qismi va aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish muvaffaqiyati, shuningdek, olingan maʼlumotlar sifatiga hal qiluvchi taʼsir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib hisoblanadi. Yana bir muhim boshlang‘ich vazifa – ro‘yxatga olish va reklama kompaniyasining maqsadli auditoriyalari doirasida maʼlumotlarni to‘plashning o‘ziga xos masalalarini aniqlashdir.

Ro‘yxatga olishning asosiy masalalari aholining demografik, iqtisodiy, etnik, til va diniy xususiyatlarini inobatga olingan holda har bir mamlakatda mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida aniqlanishi kerak. Fuqarolarning muammolarini aniq maqsadli auditoriyalarni aniqlash, shuningdek, ushbu guruhlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida samarali xabardor qilish va ro‘yxatga olish bilan bog‘liq ijobiy munosabatlarni rag‘batlantirish uchun tegishli amaliyot usullarini tanlash kerak.

Ro‘yxatga olish kompaniyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar mavjud va ularni aniqlash ro‘yxatga olish kompaniyasining muhim qismidir. Misol sifatida quyidagilar keltirish mumkin:

  1. a) taqdim etilgan maʼlumotlarning himoyasi va maxfiyligi;
  2. b) taqdim etilgan maʼlumotlar to‘g‘ri maqsadlar uchun ishlatilishi;
  3. v) ro‘yxatga olish xarajatlari;
  4. g) ro‘yxatga olish maʼlumotlaridan statistik bo‘lmagan maqsadlari uchun foydalanish;
  5. d) respondentning ismi va manzilning ro‘yxatga olish varaqasida ko‘rsatilishi lozimligi bo‘yicha talab; va
  6. ye) hukumatning shaxsiy hayotga potentsial aralashuvidan qo‘rqish.

Ro‘yxatga olish organlarining ro‘yxatga olish samaradorligini maksimal darajada oshirish maqsadida jamoatchilik eʼtiboriga yetkazilishi kerak bo‘lgan bir qator asosiy xabarlar mavjud. Ular orasida, xususan:

  1. a) ro‘yxatga olish jarayonida shaxsiy hayotga aralashuvni va maxfiylikni muhofaza qilish taʼminlanadi (ro‘yxatga oluvchi va boshqa xodimlar uchun axborotni ruxsatsiz ishlatganligi uchun jarimalarni, axborot maʼmuriy maqsadlarda foydalanmasligini, har qanday nashr etilgan maʼlumot asosida shaxslarni identifikatsiya qilish amalga oshirilmasligini belgilash);
  2. b) ro‘yxatga olish – kelajakdagi jamoat ishlarni rejalashtirish uchun muhim maʼlumot manbai sifatida foydalanish;
  3. v) ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirish fuqarolik burchidir, negaki bu maʼlumot mamlakat va jamiyat uchun zarurdir;
  4. g) ro‘yxatga olishda ishtirok etish majburiydir.

Bu turli xabarlar o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatni topish uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Misol uchun, ro‘yxatga olishning umumiy foyda xususiyatiga emas, balki majburiy xususiyatiga alohida eʼtibor berish, ro‘yxatga olish davlat tomonidan aholiga nisbatan qo‘llanilganligi sababli unga nisbatan salbiy munosabat kuchayishiga olib kelishi mumkin.

 Ko‘pgina mamlakatlar ro‘yxatga olish “belgisini”ni, jumladan, uning logotipi va shiorini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. Barcha milliy va mahalliy targ‘ibot tadbirlari va barcha ommaviy axborot vositalarida, bukletlarda, plakatlarda, broshyuralarda va yodgorliklarda oddiy, ammo samarali shior va grafik belgilar ishlatilishi mumkin. Shior va logotip osongina esda qolishi va aholi tomonidan ijobiy qabul qilinishi kerak. Reklama kompaniyasining boshidan osongina tanib olish mumkin bo‘lgan logotip va/yoki shior, ro‘yxatga olish ramzlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Muammo, respondentning ro‘yxatga olishning keng qamrovli va foydali faoliyat ekanligiga ishonchini oshirishdan iborat.

BMT YeIK mintaqasida 2010-yilgi raundi ro‘yxatga olish davrida ishlatilgan shiorlar misollari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  1. a) “Kelajak hozir boshlanadi” (Italiya)
  2. b) “Har bir kishi hisobda!” (Estoniya)
  3. v) “Biz sizga ishonamiz” (Lyuksemburg va Portugaliya)
  4. g) “Ertangi kunni shakllantirishga yordam bering” (Birlashgan Qirollik).

Tugmani bosing Tinglash GSpeech