Buxoro viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 816,3 mln AQSH dollariga yetdi va 2025- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 46,2 mln AQSH dollariga yoki 6,0 % ga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 222,7 mln AQSH dollariga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 34,5 % ga ko‘paydi. Buxoro viloyati 103 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda va tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi:
Rossiyada (30,7 %)
XXRda (15,2 %)
Turkmanistonda (10,2 %)
Afg‘onistonda (8,9 %)
BAAda (7,6 %) qayd etilgan.




