28/11/2023

Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabr kunida qabul qilingan  “Oʻzbekiston - 2030” Strategiyasi toʻgʻrisidagi PF-158-sonli Farmonining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur Farmon 10 banddan iborat boʻlib undagi 1-sonli ilova 5 qism 100 moddadan 2-sonli ilovada  iboratligini gʻamda Farmondagi 2-ilovada esa “Oʻzbekiston - 2030” Strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika kommissiyasining tarkibi toʻgʻrisida roʻyxatdan iboratligini aytib oʻtdi.

  Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-419-sonli Qonunining maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratligi, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllanilanilishini aytdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2023-yil 24-noyabr kunidagi 01/3-23-12/3-87-sonli yozma topshirigʻi boʻyicha huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida Adliya Vazirligi tomonidan tayyorlangan 12 ta videoroliklar namoyish etildi.

Targʻibot yigʻilishi yakunida tizim xodimlari bilan birgalikda kun tartibidagi masalalarning mazmun-mohiyati yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech