Yig‘ilishni ochiqligini e’lon qilib, boshqarma boshlig‘i U.Djumanazarov so‘zga chiqdi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib har bir xodim Davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida qabul qilingan mazkur qonun bilan yana bir bor indivudal tarzda o‘qib, o‘rganib o‘z ustida ishlab bayrog‘imiz to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozimligini aytib o‘tdi, so‘zini davom ettirib O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi timsoli bo‘lishini aytib Bayrog‘imiz mustaqilligimizning dastlab kunlarida, zarur vaqtda juda to‘g‘ri qabul qilinganligi aytib o‘tdi.
Shuningdek 2017-yil 3-yanvar kunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 419-sonli qonun hamda O‘zbekiston hamda Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga asosan korrupsiyaga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida boshqarma xodimlari mustaqil ravishda yana bir tanishib chiqishlari lozimligini va ushbu qonunning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustunvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlari ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligini bayon qildi.
Boshqarma boshyuristkonsulti O‘.Shodiyev 1991-yil 18-noyabr 407-XII - sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinganligini mazkur qonun 13 moddadan iborat ekanligini, qonunning mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib har bir xodim Davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida qabul qilingan qonunni yaxshi bilishi lozimligini aytib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining sxematik va ranli tasviri tasdiklanib, O‘zbekiston Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Davlat suvererinitetining ramzi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lishini aytib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matodir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har biri eni 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan to‘g‘risida, hamda Davlatimiz bayrog‘i qo‘yilishi zarur bo‘lgan joylar to‘g‘risida tushintirib o‘tdi.