Yig‘ilishni ochiq deb e’lon qilib, boshqarma boshlig‘i U. Djumanazarov so‘zga chiqdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kunida qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirar ekan boshqarma va bo‘lim barcha xodimlari har birining stolida mazkur Farmon bo‘lishi shartligini xodimlar indivudal tarzda qo‘shimcha ravishda Farmonni o‘qib o‘rganishlari shartligini ta’kidladi.
Mazkur farmon yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida ortirilgan tajriba va jamoatchilik muhokomasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi aytib o‘tdi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari K. Kamolov “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi — xalq strategiyasi” shiori ostida belgilangan islohotlarning izchil, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ekanligini farmonda qayd qilinib o‘tilganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosining ta’minlanish darajasi, unda belgilangan islohotlarning sifatli amalga oshirilishini aholi tomonidan har bir maqsad va undagi ko‘rsatkichlar kesimida baholash, ular yuzasidan o‘z fikrlarini qoldirish va tashabbuslar bildirish imkoniyatini yaratuvchi onlayn portalni ishga tushirsish belgilanganligini aytib o‘tdi.
Boshqarma boshyuristkonsulti O‘.Shodiyev tomonidan o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kunida qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonining mazmun mohiyati to‘g‘risida gapirib mazkur Farmon 10 banddan iborat bo‘lib undagi 1-sonli ilova 5 qism 100 moddadan 2-sonli ilovada iboratligini hamda Farmondagi 2-ilovada esa “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika kommissiyasining tarkibi to‘g‘risida ro‘yxatdan iboratligini aytib o‘tdi.
“O‘zbekiston - 2030” Strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:
-barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish,
-aholi talablariga va xalqora standartlarga to‘liq javob beradigshan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish,
Aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonoviy davlatni barpo etish,
mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.